SHHT: Tyanszindagi media markaz va tayyorgarlik jarayonlari haqida
Xitoyning Tyanszin shahrida joriy yil 31 avgustdan – 1 sentyabrga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan SHHTning 2025 yilgi sammitiga tayyorgarlik qizg‘in kechmoqda.
Xitoy Xalqaro matbuot markazi tomonidan tashkil etilgan 2025 yilgi ta’lim loyihasida ishtirokchilar Tyanszin shahrida, sun’iy ko‘l sohilidagi bog‘ yaqinida joylashgan media markazga tashrif buyurdi va jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
Qayd etish lozimki, Meyszyan markazi (Meijiang Center) ko‘rgazmalar, forumlar va xalqaro tadbirlar uchun maxsus qurilgan. Markaz Xitoyning Shimoliy-Sharqiy Osiyo bilan savdo va madaniy aloqalarini rivojlantirishda muhim hisoblanadi.
Hozirda Markaz jurnalistlar va ishtirokchilar uchun barcha sharoitlar bilan ta’minlangan. Ommaviy axborot vositalari uchun ochiq ishchi zonada 492 ta ishchi o‘rin ajratilgan.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA
Xitoy, Tyanszin