Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT ta’lim vazirlari 7 ta hamkorlik hujjatini imzoladi
15:51 / 2025-05-15

Joriy yilning 13 may kuni Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar ta’lim vazirlarining 9-yig‘ilishida raqamli va chegarasiz ta’lim hamda sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha yettita hamkorlik hujjati imzolandi. Bu haqda “IRNA” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, uchrashuvda vazirlar ta’limni rivojlantirish hamda SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha strategik tashabbuslar yuzasidan fikr almashgan

Shuningdek, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarni innovatsion usullar orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Musulmon Ziyo, O‘zA