Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT sammitiga bag‘ishlangan pochta markasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
13:25 / 2022-09-14

Qo‘lingizda kimdandir kelgan maktub. U bilan tanishib, nomani xatjildga qayta joylaysiz. Shu damda xatjilddagi pochta markasi e’tiboringizni totadi. Uni, odatda, ko‘pchilik erinmay tomosha qiladi. Markada aks etgan tasvirlarning ma’nosini anglashga urinadi.

SHHT sammitiga bag‘ishlangan pochta markasining taqdimotida ishtirok etar ekanman mana shu o‘ylar xayolimdan o‘tdi.

Sammitga bag‘ishlangan yangi marka ham o‘ziga xos, tasvirlar xotirada saqlanib qoladigan qilib ishlangan. Asosiysi, Samarqand va SHHT haqida yaxshi tasavvur beradi. Unda aks etgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarining bayroqlari, sammit logotipi hamda Samarqand shahrining gerbi e’tiboringizni tortadi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan taqdimotda tegishli soha xodimlari, ekspertlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

[gallery-8772]

Tadbirda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va boshqalar SHHTning Samarqand sammit, uning doirasida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
– Pochta markasining orqa fonida Sharq durdonalaridan biri sifatida tan olingan, Samarqand shahrining ramziga aylangan Registon maydoni tasviri aks etgan, – deydi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati “O‘zbekiston markasi” filiali direktori Sanjar Nizomov. – Marka bir necha rangda, yorqin bo‘lishiga e’tibor qaratilgan. bugungi tadbir doirasida maxsus xotira shtempeli bilan markani so‘ndirish tadbiri ham o‘tkazildi. Bunda Samarqand sammiti logotipi tushirilgan maxsus xotira shtempelidan foydalanildi.

SHHTning Samarqand sammiti doirasidagi tadbir va uchrashuvlar davom etmoqda.

 

Ikrom Avvalboyev, Muqimjon Qodirov(surat), O‘zA