Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT sammiti O‘zbekistonning kuchayayotgan xalqaro imijidan darak beradi (+ video)
13:41 / 2022-09-14

“Samarqand sammiti siyosiy maydonga aylanadi”, deya ta’kidladi O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha Milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov O‘zAga bergan intervyusida. U sammit doirasida tuzilmaga a’zo davlatlar yetakchilari tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilayotgan muhim masalalarga to‘xtaldi.

– Samarqand sammiti O‘zbekistonning kuchayayotgan xalqaro imiji tasdig‘i bo‘lishi kutilmoqda. Yuqori darajadagi anjuman nafaqat SHHTga a’zo sakkiz davlat, balki tuzilmaning maqsad va g‘oyalarini tushunadigan, amaliyotda unga rioya qilishga tayyor bo‘lgan qator xorijiy mamlakatlar rahbarlarini birlashtiradi.

SHHT bunday yirik formatdagi sammitni sog‘inib qolgan. Har bir a’zo davlat, ayniqsa, xalqlar ushbu tadbirni kutyapti. Boisi, sammit doirasida nafaqat tashkilotga molik bo‘lgan masalalar, balki hozirgi qiyin xalqaro vaziyatda yetakchilarning o‘zaro muloqoti, hal qilinishi kerak bo‘lgan ayrim masalalar yechimini kutmoqda.

Samarqand sammitidan SHHT faoliyati bilan bir qatorda ikki tomonlama munosabatlarni qamrab olgan uchrashuvlar ham o‘rin olgan. Qisqa qilib aytganda, anjuman davlat rahbarining o‘zaro fikr almashishi uchun katta maydon vazifasini bajaradi.

Jo‘g‘rofiy makonni o‘z ichiga olgan xalqlarning kundalik muammolarini hal qilishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilinishi ahamiyatli. Bu balandparvoz siyosiy shiorlardan iborat emas, aksincha har bir hujjatda o‘z aksini topgan iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, xalq va diplomatiya o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatishdan iborat.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/w8xQJZP_QcM" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

 

Behruz Xudoyberdiyev,
Nishonboy Abduvoitov (video),
O‘zA