Tyanszindagi sammit SHHT tarixidagi eng yirik tadbirlardan biri hisoblanadi. Sammit davomida SHHTga a’zo davlatlar tashkilotining kelgusi o‘n yillikka rivojlanish strategiyasini o‘z ichiga olgan muhim hujjatlarni qabul qilinishi kutilmoqda. Xitoy Xalq respublikasi Raisi Si Szinpin ikkinchi bor sammitda raislik qilmoqda. Tadbirda 20 dan ortiq davlat rahbari va 10 xalqaro tashkilot ishtirok vakillari etmoqda.
Qayd etish lozimki, joriy yil 31 avgust kuni Tyanszin shahridagi "Meyszyan" kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Bugunga qadar Si Szinpin va sammit doirasida Tyanszinga tashrif buyurgan xorijiy rahbarlar o‘rtasida o‘ndan ortiq ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
Sammit boshlanishi arafasida Tyanszin shahrida zamonaviy matbuot markazida dunyoning turli davlatlaridan kelgan ommaviy axborot vositalari vakillari yig‘ilgan va ish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Press-konferensiyalar uchun ikki zal ajratilgan. Xususan, birinchi zal 500 kishiga mo‘ljallangan, ikkinchi zal 240 kishiga mo‘ljallangan. Har bir zalda VIP xona, asosiy vizual tasvirli banner, dekoratsiya va professional jihozlar mavjud.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA
Xitoy, Tyanszin