English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT kun tartibida - Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash mavzusi
21:14 / 2022-04-18

Joriy yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida SHHTga a’zo davlatlarning narkotik moddalar noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli idoralari rahbarlari yig‘ilishi tashkil etilmoqda.

Ma’lumki, mamlakatimizning SHHTga raisligi davrida O‘zbekiston qator xalqaro tadbirlar o‘tkazish bilan birga tashkilot tarkibidagi mamlakatlar o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish choralarini ham ko‘rmoqda.

Shu ma’noda SHHTga a’zo davlatlar narkotik moddalar noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli idoralari rahbarlarining navbatdagi, o‘n ikkinchi yig‘ilishi narkotrafikka qarshi umumiy hamkorlikka nisbatan yondashuvlarni faol ilgari surish uchun mustahkam zamin yaratadi. Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun giyohvand moddalar tahdidi bilan bog‘liq yangi muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda zarur chora-tadbirlarni ko‘rib chiqadilar va qabul qiladilar.

Mazkur anjuman so‘nggi yillarda O‘zbekiston olib borayotgan faol, ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosatning bir qismi bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida muhim qaror va hujjatlar qabul qilish uchun poydevor yaratishga xizmat qiladi.

O‘zA