French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT bosh kotibi: Hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushi ortib borayapti
10:46 / 2026-02-02

Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushi so‘nggi yillarda o‘sib bormoqda, bu har qanday valyutaga qaramlikni kamaytirishga yordam bermoqda, deydi SHHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev “RIA Novosti” nashriga bergan intervyusida.

– Tuzilmaga a’zo davlatlarning bir qismi allaqachon hisob-kitoblarda milliy valyutalardan faol foydalanmoqda, -dedi u. – Bu jarayon vaqt talab etadi va ko‘plab omillarga bog‘liq. 2022 yildan 2025 yilgacha shu maqsadlarda tomonlar o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirdi.

Ma’lumot o‘rnida: SHHT 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, unga O‘zbekiston, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va Pokiston kiradi. Tashkilotning hamkor davlatlari esa Afg‘oniston, Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Mo‘g‘uliston, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lankadir.

G.Sattorova, O‘zA