Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT bepoyon hududni birlashtirgan yirik xalqaro tuzilma
10:47 / 2024-06-05

Toshkentda “Zamonaviy sharoitda SHHTning o‘rni: umumiy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtirish” mavzusidagi Shanxay hamkorlik tashkiloti forumining XIX yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanni ochib berarkan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov so‘zi avvalida SHHT faoliyatiga yuksak baho berdi. Xususan, 20 yildan ziyodroq vaqt mobaynida tuzilma o‘ziga xos shakllanish va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tish orqali zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining ajralmas bo‘lagiga aylanganini qayd etdi.

– Bugun SHHT yer yuzida ulkan va bepoyon, sayyoramiz aholisining qariyb yarmi istiqomat qiladigan hududni birlashtirgan jahonning yirik mintaqaviy tashkilotidir, – deya ta’kidladi SMTI vakili.

G‘.Xonnazarov,

O‘zA