Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT Belarusni tashkilotga qabul qilish jarayonini boshladi
12:54 / 2022-09-16

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasini SHHTga qabul qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.

SHHT xalqaro tashkilot bo‘lib, 2001 yilda tashkil etilgan. Tashkilotga O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston mamlakatlari a’zo hisoblanadi.

Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston tashkilotda kuzatuvchi mamlakatlar hisoblanadi. Ozarbayjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya, va Shri-Lanka esa tashkilotga hamkor-mamlakatlar hisoblanadi.  

SHHTning 2021 yil sentyabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitida Eronni tashkilotga a’zo qilib olish hamda Misr, Qatar, Saudiya Arabistoniga tashkilot bilan muloqot bo‘yicha hamkor mamlakatlar maqomi berilishi jarayoni boshlangandi. Joriy yilda esa Belarus SHHTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza bergan.