English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sherzod Xo‘jayev: Gazni eksport qilish yoki ichki bozorga yo‘naltirish "O‘ztransgaz" AJ tomonidan belgilanadi
17:05 / 2022-12-09

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev energiya resurslari taqchilligi bo‘yicha ham o‘z munosabatini bildirdi.

–bugungi kunda xorijiy yoki qo‘shma kompaniyalar tomonidan qazib olinayotgan gaz — to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilyapti, – dedi Sh.Xo‘jayev.– Ushbu gazni eksport qilish yoki ichki bozorga yo‘naltirish xorijiy yoki qo‘shma korxonalar tomonidan emas, balki "O‘ztransgaz" AJ tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, bugungi kunda chekka-chekka hududlarni ko‘mir bilan ta’minlash va ko‘mir narxining sun’iy oshishiga qarshi choralar ko‘riladi.

Birinchi navbatda, chekka hududlarni ko‘mir bilan ta’minlash borasida Prezidentimiz va Hukumat tomonidan tegishli topshiriqlar berilgan. Bu jarayonni Bosh prokuratura alohida nazorat qiladi.

Narx-navoning asossiz oshishiga keladigan bo‘lsak, vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qilayotgan shaxslar ham bor. Ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan eng kuchli choralar ko‘rilyapti. Angrendagi ko‘mir konida ishlab chiqarilayotgan ko‘mirning bir tonnasining narxi – 300 ming 300 so‘mni tashkil etadi.

Shu bilan bir qatorda, Angren ko‘mir konida ishlab chiqarilib, vagonga ortilgan har bir ko‘mirning sifati nazorat qilinadi. Bu yerda ham prokuratura organlari bilan nazorat to‘liq yo‘lga qo‘yilgan.

Ammo ta’kidlash joizki, is gazi bilan bog‘liq muammolar ko‘mirning sifati yoki qaysi konda ishlab chiqarilganiga bog‘liq emas, balki pechlarning noto‘g‘ri ekspluatatsiya qilinishi natijasida yuzaga kelmoqda. Sodda qilib aytganda, xoh Angren ko‘mir bo‘lsin, xoh import qilingan ko‘mir — pech noto‘g‘ri ishlatilsa, is gazi paydo bo‘laveradi.

O‘zA