Sherzod Shermatov: Yaponiyaga tashrif tarixiy bo‘lmoqda (+video)
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ana shu jarayonning mantiqiy davomi sifatida Tokioda o‘tayotgan rasmiy uchrashuvlar ikki mamlakat munosabatlarida muhim burilish nuqtasi sifatida e’tirof etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov davlatimiz rahbarining ushbu o‘lkaga tashrifini strategik ahamiyatga ega, tarixiy voqea sifatida baholadi.
Vazirning ta’kidlashicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davomida raqamli transformatsiya, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va innovatsion infratuzilmani rivojlantirish kabi masalalar ustuvor yo‘nalish sifatida muhokama qilinmoqda.
Ushbu intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZW5asfqZVXY" title="Sherzod Shermatov: Yaponiyaga tashrif tarixiy bo‘lmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA