Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullandi
10:28 / 2021-01-14

Bugun, 2021 yil 14 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar tomonidan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga Hidoyatov Sherzod Saidjonovich nomzodi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Sh.Hidoyatov shu kungacha qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avvalgi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Saliyev Muzaffar zimmasiga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonlik bilan yondashgani, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etilgan edi.