Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sherzod Ashurov G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi
10:19 / 2021-08-12

Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada viloyat va tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirokida o‘tkazilgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Murodjon Umarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan G‘ijduvon  tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod  Ashurov G‘ijduvon  tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Zarif Komilov, O‘zA