FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida o‘rganish olib bordi.
Ishchi guruh 2018 yilda tashkil etilgan “Yoshlar markazi” binosida bo‘lib, yoshlarning til o‘rganishi uchun tashkil etilgan koreys, ingliz hamda nemis tillari to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi.
[gallery-21862]
Bugungi kunda ushbu to‘garaklarga qatnovchi yoshlar soni jami 400 nafarni tashkil etadi.
Tashrif davomida Yoshlar ishlari agentligi direktori Termiz shahrida joylashgan IT Parkda tadbirkor va tashabbuskor yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan 3 ta katta hujjatga imzo qo‘ygani, endilikda yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilganligi haqida so‘z yuritdi. Yoshlar bilan muloqot chog‘ida yangi tashabbus va takliflar taqdimoti bilan tanishildi. Yoshlarning murojaatlari tinglandi. Har bir taklif va tashabbusni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni hal etish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishga yaqindan ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA