Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sherobodlik kelin-kuyov referendumda ovoz berdi
14:50 / 2023-04-30

Surxondaryo viloyatida referendum bugun nikoh to‘ylarini o‘tkazayotgan yosh kelin-kuyovlar uchun qo‘shaloq bayramga aylanmoqda.

Yangi oila qurayotgan yigit-qizlar o‘z hududlaridagi referendum uchastkalarida konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, xoxish-irodasini emin-erkin ifoda etmoqda.  

Sherobod tumanidagi Bog‘iobod mahallasida yashaydigan Farrux Qulmatov va Hayitgul Muhammadiyeva bugun yangi oila qurmoqda. Ular mahalladagi 107-referendum uchastkasiga kelib ovoz berdi.  

– Bugun hayotimizda unutilmas kun bo‘ldi,–deydi F.Qulmatov.– Obod va to‘kin hayotimizni belgilab berayotgan referendum kuni muqaddas oila qo‘rg‘onimizni barpo etyapmiz.  

Viloyatning olis va chekka hududlari aholisi ham referendumda faol ishtirok etmoqda.  

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA