Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sherobodda xandon pista pishdi
19:41 / 2023-09-02

Sherobodlik Saydulla Mavlonov tomorqasida ekilgan yuz tup xandon pistadan yaxshigina hosil yig‘ib olmoqda.

Shu bilan birga tadbirkor 15 sotix tomorqasida pista ko‘chatlarini ham yetishtirib, xaridorlarga yetkazib beryapti.  

- Pistaning anomal sovuq va jaziramaga chidamli, cho‘l  sharoitida ham mo‘l hosil beradigan yangi navlari o‘zimizda yaratilgan, - deydi Saydulla Mavlonov. - Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti professor o‘qituvchisi Abdurayim Qurbonov pistaning 19 xil navini sinab ko‘rgan va natijada «Ahmadiy» va «Akbariy» navlari issiq va quruq iqlimga chidamliligi jihatdan o‘zini oqlagan. Biz ham ana shu navlardagi pista ko‘chatlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqdamiz.  

[gallery-13404]

Ma’lumot uchun. Pistaning yuqorida keltirilgan navlari Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Oltinsoy hamda Sherobod tumanlarida yirik maydonlarga ekilgan.

 

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA