French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
She’riyatning mangu sadosi
12:34 / 2025-06-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024 yil 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv videoselektorda yosh shoirlar ijodini keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirish uchun ko‘chma “She’riyat teatri” loyihasini yaratish vazifasi belgilangan edi.

Shu munosabat bilan mazkur ko‘chma “She’riyat teatri”ning ilk repertuari yuzaga keldi.  

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Vatanga mehr-muhabbat, tinch va osoyishta kunlarimizga shukronalik, ulug‘ ajdodlarimizdan meros, milliy qadriyatlarimizga hurmat, yoshlarimiz kamolotiga ishonch tuyg‘ulari aks etgan yangi drama yaratildi.  

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatrida sahnalashtirilgan ushbu asar taniqli adib va dramaturg Qo‘chqor Norqobil qalamiga mansub. “She’riyatning mangu sadosi” deb nomlangan bu sahna asarini teatrning bosh rejissyori Doston Haqberdiyev sahnalashtirgan. G‘oya muallifi –  Botirjon Ergashev. Badiiy rahbar – Sanobar Qulmirzayeva.  

Asarda O‘zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid  hamda Farida Afro‘z, Xosiyat Rustamova va boshqa taniqli shoirlarning she’rlari  yangradi. Dasturdan mamlakatimizning yosh iste’dodli shoirlari Dadaxon Muhammadiyev, Begali Eshonqulov, Sitora Shomurodova, Islom Qo‘chqorov, Muhammadali G‘afforov, Nuriddin Rasulov, Gulhayo O‘rolova, Sitora Naimjonova, Umid Qodirov kabi  ijodkorlarning  chiqishlari muxlislar tomonidan alohida e’tibor bilan kutib olindi.   

Adabiy spektaklda rollarni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, "Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Ma’suda Otajonova, “Shuhrat" medali sohiblari Rasulxon Qodirxonov, Inobat Umirova hamda qator mahoratli aktyorlar ijro etdi.  

Sahnaviy talqinlarga uyg‘un plastik harakatlar teatrning balet artistlari tomonidan namoyish etildi. She’riyatimizga bag‘ishlangan spektakl tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Nazokat Usmonova,

O‘zA muxbiri