French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
She’riyatga ko‘chgan bahor sog‘inchi
16:13 / 2021-12-02

Hali kuz etaklamasidan ko‘plarimiz bahorni sog‘ina boshladik. Qishning iliq kelgan ilk kunlari ham bahorni yanada ko‘proq yodimizga solib yubordi.

Shoira Saida Zunnunovaning yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan «Bahorni qarshilab» deb nomlangan she’riy to‘plamini varaqlab xayolimga shunday fikrlar keldi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi milliy adabiyotimiz, yaxshi kitob targ‘iboti yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ijodiy tashkilotlardan sanaladi. Atoqli shoira Saida Zunnunovaning bahor, mehr va sadoqat, umr mazmuni aks etgan she’rlaridan iborat ushbu yangi kitobi adabiyot muxlislari uchun yaxshi tuhfadir.      

Ma’lumki, Saida Zunnunova taqdirning qora va izg‘irinli sinovlarini ko‘p bora boshidan o‘tkazgan bo‘lsada, barcha qiyinchiliklarni ulkan ma’naviy jasorat bilan ortda qoldirgan serqirra ijodkor edi. Maftunkor bahor, go‘zal ona-tabiat, mehr, oqibat, muhabbat va sadoqat singari eng sof va beg‘ubor tuyg‘ular, munis va mushfiq opa-singillarimizning toza qalb kechinmalari tarannumi Saida Zunnunova ijodida ustuvor o‘rin tutar edi.    

Mazkur kitobcha «Nazm bo‘stoni» rukni ostidagi ma’rifiy loyiha bo‘yicha chop etilgan bo‘lib, uning muallifi Sirojiddin Sayyid. Kitobchada Saida Zunnunovaning «Bahor bilan suhbat», «Sog‘inch», «Bahorni sog‘inib», «Quyosh chiqdi», «Qizlarjon», «Lolalardan gulxanlar yoqib», «Toshkent gullari», «Bahor» kabi ko‘plab nafis va dilbar,samimiyatga yo‘g‘rilgan she’rlari muxlislar e’tiboriga havola etilgan.

Yangi kitob «Adabiyot» nashriyotida chop etildi.

 

N.Usmonova, O‘zA