Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
She’riyat ummonining javhari
17:27 / 2026-02-09

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Alisher Navoiy – she’riyat ummonining javhari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Akademiya rektori Muzaffar Komilov hazrat Alisher Navoiyning boy ilmiy ijodi, ma’naviy mahzanlari bilan tanishtirish, asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni hisoblanishini ta’kidladi.  

Darhaqiqat, Alisher Navoiydan avlodlarga ulkan, bebaho, tuganmas adabiy meros qoldi. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos jozibasi borligini namoyon etdi.  

Ma’rifiy kecha davomida talabalar tomonidan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar, g‘azallar ijro etildi.  

Tadbir doirasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan devoriy gazetalar hamda mumtoz shoirning kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, Alisher Navoiy ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi.  

Adabiy anjuman nihoyasida  samarali hamkorlik uchun mehmonlarga Akademiya rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

N.Usmonova, O‘zA