14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
Jizzax viloyatining barcha o‘quv dargohlarida davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.
Jizzax politexnika institutida buyuk mutafakkir tavalludiga bag‘ishlab ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Institutning Servis fakulteti menejment guruhi talabasi xitoylik Syu Miaoyu Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida gapirdi, uning g‘azalini o‘zbek tilida yoddan o‘qib berdi.
– Salom, mening ismim SyuMiaoyu. Men Jizzax politexnika instituti talabasiman. Buyuk mutafakkir, ulug‘ davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur boy badiiy va ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo‘lgan insonlardan biridir. Uning asarlarini o‘qib, yurt sog‘inchi, vatanparvarlik tuyg‘ularini his qilishimiz mumkin. U lirik she’r va g‘azallari, tarixiy durdona asari “Boburnoma”, yunonlar rivoyatiga asoslanib “Troya ota”, “Islom” kabi diniy-tarbiyaviy asarlar ham yozgan. Boburning asarlarini o‘qib, tinchlikka intilganini his qilamiz. Biz keng imkoniyatlar davrida yashaganimizga shukur qilishimiz kerak. Shuning uchun barchangizni Boburning asarlarini chuqur o‘rganishga chorlayman.
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor,
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Ushbu tadbirda boshqa talabalar ham Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarini yoddan o‘qidi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Z2jPQXSOPrY" title="Xitoylik JizPI talabasi Bobur haqida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
A.Qayumov (video), O‘zA muxbiri