Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
She’riyat bo‘stonining sultoni
14:47 / 2022-02-09

Andijondagi ta’lim muassasalarida ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Andijon shahridagi Prezident maktabida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Navoiyga ehtirom» deb nomlangan adabiy kecha ana shunday tadbirlardan biri bo‘ldi. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limlari, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda Andijon davlat universiteti rektorati hamkorligida o‘tkazilgan adabiy kechada buyuk shoir, mutafakkir olim, davlat arbobi Nizomiddin mir Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini keng targ‘ib etish hamda xotirasini abadiylashtirish, shu bilan birga, o‘quvchi yoshlarni ma’naviy dunyosini Navoiy ijodida keng yoritilgan milliy va umuminsoniy g‘oyalar bilan boyitish zarurligi aytib o‘tildi. 

[gallery-5696]

O‘quvchilar tomonidan o‘qilgan Navoiyning g‘azalu ruboiylari, ijodkor yoshlar mushoirasi tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida esa «She’riyat bo‘stonining sultoni» deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi xodimlari, Andijon shahridagi Ozodlik mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, ijod maktabining o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Unda so‘z olganlar yurtimizda buyuk bobokalonimiz, jahon adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan ulug‘ alloma, so‘z va she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish, uning insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirish va shu orqali ularda adabiyotga qiziqish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.  

Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.  

F. UBAYDULLAEV,  
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA