English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shentop: Pelosining Armanistonga tashrifi mintaqa barqarorligiga hissa qo‘shmaydi
15:33 / 2022-09-19

“AQSH Minsk guruhining hamraislaridan biri. Ozarbayjon yerlarining ishg‘ol qilinishi, ko‘plab xalqaro tashkilotlar Armanistonni bosqinchi sifatida tan olgan bo‘lsada, qariyb 30 yillik davr mobaynida mojaroni hal qilish uchun hech qanday chora ko‘rmadi.

Endi esa Kongress Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Armanistonga tashrif buyurdi. Bu safar mintaqada tinchlik va butun dunyo barqarorligiga yordam bermaydi”.

Turkiya Buyuk millat majlisi (parlament) raisi Mustafo Shentopning bu bayonotini “Anadolu” agentligi tarqatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashrif Armaniston – Ozarbayjon munosabatlarining normallashuv jarayoniga hissa qo‘shmaydi, balki inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin.

“Turkiya har doimgidek Ozarbayjonning yonida bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi Shentop.