Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shayxa Fadiya: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha  tajriba almashish juda muhim
01:04 / 2024-10-06

"KUNA" axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasining Kuvaytdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ayubxon Yunusov ushbu davlat Xotin-qizlar jamiyatlari federatsiyasi prezidenti Shayxa Fadiya Sa’d Al-Abdulloh As-Salim Al-Saboh bilan uchrashganini yoritdi.Maqolada mezbon tomon ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rni va salohiyatini oshirishga qaratilgan keng qamrovli siyosat va strategiya qabul qilish muhimligini ta’kidlagan. Zero, shu orqali taraqqiyotga samarali hissa qo‘shish jarayonida turli innovatsion amaliyot bo‘yicha tajriba, fikr almashiladi.

Muloqot tafsilotiga bag‘ishlangan matbuot bayonotida ayollarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, muvaffaqiyatlarini aniqlash va natijadan bahramand bo‘lish uchun xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan turli sohalarda rahbarlik lavozimida ishlayotgan xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha tajriba almashish muhimligi  ma’qullangan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA