Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shayx Asif Hazar: “Bu hunar Hindistonga Bobur Mirzo orqali kirib kelgan”
15:52 / 2019-09-11

Qo‘qon vokzali odatdagidan ancha gavjum.


Qo‘qon vokzali odatdagidan ancha gavjum. Ayni vaqtda ko‘plab xorijlik mehmonlar kutib olinmoqda. Mehmonlar orasida Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasidagi “Kokand fashion” moda haftaligi ishtirokchilari ko‘pchilikni tashkil etadi. 

Chunki unda O‘zbekistonlik dizayner-hunarmandlar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Polsha, Malayziya, Gollandiya, Hindiston vakillari ham ishtirok etadi.

– Liboslarni marjonlar va turli aksesuarlar bilan yanada boyitishini yoqtiraman, – deydi malayziyalik dizayner hunarmand Edrik Ong. – Bu mening O‘zbekistonga ikkinchi safarim. Bahorda Toshkentda o‘tkazilgan modalar haftaligida yangi kolleksiyam bilan ishtirok etgan edim. Hozir yangi kolleksiyamni olib keldim. 

O‘zi yaratgan ko‘rkam liboslari va hunarmandlik buyumlari bilan dunyoga mashhur Edrik Ongning matodan yaratilgan juda chiroyli bosh kiyimi e’tiborimizni tortdi. 

Ustki qismi odatdagi shlyapalardan farqlanuvchi ushbu bosh kiyim dizayner tug‘ilgan – Saroba qishlog‘ining belgisi ekan. Uning tepa qismida aks etgan tepalik Allohning uyi, uning atrofidagi to‘rtta ustun esa dunyoning to‘rt qit’asi borligidan dalolat ekan. 

Mazkur to‘rttalikning atrofidagi yettita va o‘n to‘rtta ustun esa omadli va mo‘jizali yetti va uning ikki karra ko‘payganidir.

Oddiy ko‘z bilan qaraganda, bitta shlyapada shuncha ma’no jamlanganidan hayratlandik. 

– O‘zbekistonga birinchi kelishim, butun dunyoga qo‘l mehnatidan yaralgan mahsulotlarimizni namoyish etishga imkon bergani uchun O‘zbekiston hukumatidan minnatdorman, –deydi hindistonlik Shayx Asif Hazar. – Biz matoga qo‘lda gul bosish bilan shug‘ullanamiz. Aslida bu hunar Bobur Mirzo davrida Hindistonga olib borilgan. Hozir bu kasb bizda ommalashgan. 

Moda haftaligiga “Mugal” deb nomlangan 11 ta libosdan iborat kolleksiya olib keldim. Ularda atlas va adraslardan ham foydalanganman.

Ayni vaqtda Qo‘qon shahriga Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha Prezidenti Kadda Kadumi xonim yetib keldi. 

Saytimizni kuzatib boring, mazkur mehmon bilan suhbat tashkil etilgan.