Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxs uyali telefon raqami orqali identifikatsiya qilinadi
20:04 / 2022-09-07

Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mutaxassislar, jamoatchilik va jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirda Mobil-ID tizimi shaxsni uning uyali telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutishi qayd etildi.

Shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarga elektron rakamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Bundan kreditlash sohasida ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno.

[gallery-8687]

Mazkur tizim aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Davlat xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi xalqaro reytinglarda esa O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

Fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrgacha bepul, 2023 yil 1 yanvardan boshlab bazaviy hisoblash mikdorining 2 foizi mikdorida bir martalik to‘lov undirgan holda amalga oshiriladi.

Tadbirda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

O‘zA