FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizdagi birinchi nodavlat oliy o‘quv yurti hisoblangan Qo‘qon universitetida “Shaxs ma’naviyatining shakllanishida til va adabiyotning roli” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Rossiya, Italiya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlarning yetakchi olimlari, universitet professor-o‘qituvchilari hamda yosh tadqiqotchilarni qamrab olgan mazkur anjumanda til, adabiyot, ma’naviyat va madaniyatning o‘zaro uzviy bog‘liqligi, shuningdek, yosh avlod tarbiyasida ularning tutgan o‘rni yuzasidan dolzarb ma’ruzalar tinglandi.
Anjuman davomida ishtirokchilar o‘zaro ilmiy tajriba almashish, yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
[gallery-23721]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA