Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxs salomatligi bo‘yicha ma’lumotni sir tutmagan tibbiyot xodimi jarimaga tortildi
09:49 / 2023-02-02

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustdagi “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunida bemorlarning huquqlari ko‘rsatilgan. Qonunga ko‘ra, tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganligi, sog‘ligining holati, qo‘yilgan tashxis hamda uni tekshirish va davolash chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar sir saqlanishi ko‘rsatilgan.

Biroq Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimi ushbu qonunga rioya qilmasdan shaxsga doir sirlarni boshqa shaxsga fuqaroning roziligisiz oshkor qilgan.  

Peshku tumanida yashovchi fuqaro o‘zining buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida Buxoro viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limiga Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etilishidan norozi bo‘lib murojaat qildi.  

Adliya aralashgach, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilganligi aniqlandi. Natijada mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborildi. Sudning qaroriga asosan Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ul xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 46-moddasiga asosan jarima jazosi tayinlandi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA