Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatni sevuvchi yoshlar va nuroniylar Gulistonda kuch sinashdi
11:47 / 2022-07-21

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan sportsevar yoshlar va nuroniylar o‘rtasida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida shaxmat bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi "Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, unda ko‘zda tutilgan "Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul" loyihasi doirasida “Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi, uning tuman bo‘linmasi, Guliston tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda tumandagi mahallalarda istiqomat qilayotgan nuroniylar va yoshlar o‘zaro kuch sinashdi. Bundan tashqari ikki avlod uchrashuvi tashkil etilib, fikr almashib, keksalar o‘zi bosib o‘tgan hayot yo‘llari, erishgan muvaffaqiyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Musobaqa so‘ngida, g‘oliblar aniqlandi. Nuroniylar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada "Do‘stlik" mahallasidan Andrey Gordeyevga 1-o‘rin nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rin sohilobodlik Baxrilla Ahmudovga, 3-o‘rin "Boyovut" mahallasida yashovchi Rustam Xidirnazarovga nasib qildi.

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada ibratlik Sarvinoz Orziqulova 1-o‘rin, Furqat mahallasidan kelgan Nodira Xidirova 2-o‘rin, Ahmad Yassaviy mahallasida yashovchi Charos Anvarova 3-o‘ringa ega bo‘ldi.

Yoshlar bahsida esa Terakzor" mahallasidan Azizjon Xotamov 1-o‘ringa, Ahmad Yassaviylik Jahongir Abdullayev 2-o‘ringa, "Birlashgan" mahallasida yashovchi Muhammad Rustamov 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘oliblar va yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan faol ishtirokchilar "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyat boshqaruvi tomonidan rag‘batlantirildi.

 

O‘zA