Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilarimizning jahon chempionati ilk turidagi raqiblari ma’lum
16:18 / 2025-12-26

Qatar poytaxti Dohada dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida blits va rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionati bahslari boshlandi.

Bugun, 26 dekabr kuni rapid yo‘nalishining ochiq musobaqalari 5 ta turi, ayollar o‘rtasidagi 4 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionatida umumiy hisobda 396 nafar shaxmatchi qatnashayotgan bo‘lsa, blits bahslarida 254 nafar, rapid musobaqalarida 251 nafar, ayollar o‘rtasidagi blits o‘yinlarida 141 nafar, rapidda 142 nafar shaxmatchi dona surishi belgilangan.

Chempionatning bugungi ilk tur o‘yinida terma jamoamiz a’zolaridan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Bekmurodov, ayol shaxmatchilarimizdan Afro‘za Hamdamova, Umida Omonova, Gulruhbegim Tohirjonova, Nilufar Yoqubboyeva, Madinabonu Xalilova, Guldona Karimova raqiblari bilan bahslashadi.

Ayniqsa, hamyurtlarimiz Jahongir Vohidov qora donalarda AQSHlik Fabiano Karuana va Muhiddin Madaminov oq donalarda Fransiya vakili Parxam Magsudlu bilan kuch sinashishi o‘zbekistonlik shaxmat ishqibozlari e’tiboridagi bahs bo‘lishi bilan ahamiyatli.

Eslatib o‘tamiz umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million yevrodan iborat jahon chempionati 31 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA