Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilarimiz “Sharjah Masters-2023” turnirida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi
10:56 / 2023-05-26

Birlashgan Arab Amirliklarida shaxmat bo‘yicha oltinchi bor o‘tkazilgan “Sharjah Masters-2023” xalqaro turnirida yurtimizning yosh shaxmatchilari muvaffaqiyali ishtirok etdi.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Husan Turdaliyev rahbarligida qatnashgan jamoamiz “Sharjah Masters-2023”  musobaqalari yakunida 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

30 ta davlatdan 200 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun kurash olib borgan turnirning “Challengers” guruhida terma jamoamiz a’zosi Ortiq Ne’matov 6,5 ochko to‘pladi va faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.  

Musobaqaning  "Futures” guruhida kuchlilar safidan joy olishga harakat qilgan Zilola Aktamova 9 turda 7 ochko to‘plab, bronza medalini qo‘lga kiritdi.  

“Sharjah Masters-2023”ning "Masters” guruhida mamlakatimizning tajribali shaxmatchilaridan Jahongir Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Vohidov va Shamsiddin Vohidov qatnashgan bo‘lsa, ular orasida Nodirbek Yoqubboyev 5,5 ochko bilan 78 nafar grossmeyster orasida 11-o‘rindan joy oldi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA