Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilarimiz Qozog‘istonda jahon kubogi yo‘llanmalari uchun kurashga kirishdi
17:37 / 2025-04-03

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi “Atakent“ majmuasida erkaklar va ayollar o‘rtasida FIDEning 34-mintaqaviy Osiyo chempionati bahslari boshlandi.

Jahon kubogi uchun saralash bosqichi hisoblangan chempionatda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onistonning 131 nafar sportchisi dona surmoqda. 

Ishtirokchilarning 87 nafari erkak, 44 nafari ayol shaxmatchilar hisoblanadi.

Mukofot jamg‘armasi 20 ming AQSH dollaridan iborat turnirning erkaklar musobaqasida Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Abdumalik Abdusalimov, Ortiq Nigmatov singari 14 nafar, ayollar bahsida Afro‘za Hamdamova, Umida Omonova, Nodira Nodirjonova kabi 6 nafar O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari qatnashmoqda.

Kecha 1-tur o‘yinlarining erkaklar musobaqasida o‘zbekistonlik 9 nafar, ayollar musobaqasida esa 5 nafar shaxmatchi qizlarimiz g‘alabaga erishdi.

Bugun, 3 aprel kuni 10 ta turdan iborat chempionatning 2-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Turnir 10 aprelga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA