Shaxmatchilarimiz Qirg‘izistonda dona surdi
Qirg‘izistonda shaxmat bo‘yicha “Issykkul-Open 2022” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 5 mamlakatdan kelgan 200 nafardan ortiq shaxmatchilar 6 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur musobaqaning “V” guruhida Ruhshona Bashritdinova birinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Robiyaxon Sardorova ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu guruhning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Shahrombek Karimov ikkinchi bo‘ldi.
“S” guruhida qatnashgan Zilola Aktamovaga teng keladigani topilmadi. “D” guruhidagi bahslarda esa Saidxon Ashikmamutov kuchli uchlikka kirdi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA