Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilarimiz Nepal va Ganaga qarshi ilk turda bahslashadi
10:19 / 2022-07-29

Hindistonning Chennay shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasining ilk turi bugun boshlanadi.

FIDE tomonidan 44-marta tashkil etilgan mazkur shaxmat olimpiadasida O‘zbekistonning eng kuchli 10 nafar shaxmatchisidan tashkil topgan terma jamoamiz qatnashmoqda. Musobaqaning ilk kunida erkaklar terma jamoamiz birinchi turda Nepal termasi bilan raqobatlashsa, qizlarimiz Ganaga qarshi dona suradi. 

Eslatib o‘tamiz,  Butunjahon shaxmat olimpiadasi 11 ta turdan iborat bo‘lib, 9 avgust kuniga qadar davom etadi. bugungi terma jamoamiz uchrashuvlari Toshkent vaqti bilan 14:30da boshlanadi.  

 
J.Toshxo‘jayev, O‘zA