Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilarimiz Madaminov va Hamdamova katta sinov ostonasida
11:42 / 2026-02-20

Bugun, 20-fevral kuni poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida o‘tayotgan “Al-Beruniy” III xalqaro turnirining 8-turida o‘zbekistonlik shaxmat ishqibozlari bir qator qiziqarli bahslarga guvoh bo‘ladi.

Ular orasida “Masters” guruhida hamyurtimiz Muhiddin Madaminovning qora donalarda turnir peshqadami armanistonlik Aram Akobyanga qarshi o‘yini, Afruza Hamdamovaning oq donalarda rossiyalik Volodar Murzin bilan to‘qnashuvi kutilgan va kutilmagan vaziyatlarga boy bo‘lishi bilan e’tiborni tortishi shubhasiz.

Shuningdek,  “Challengers” guruhida Gulruhbegim Tohirjonova – Muhammadzohmid Suyarov qarama-qarshiligidagi o‘yin, “Futures” guruhidagi Davron Sharipov – Madinabonu Xalilova o‘rtasidagi kurashlar “aql jangi”ning haqiqiy mo‘’jizasini tuhfa etishi tayin.

Yakunlanishiga 1 ta tur o‘yinlari qolgan vaziyatda “Masters” guruhida armanistonlik ikki nafar shaxmatchi: Aram Akobyan va Shant Sargsyan 4,5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

“Challengers” guruhida hindistonlik Mittal Aditya 5,5 ochko bilan, “Futures” guruhida qozog‘istonlik Aldiyar Ansat va armanistonlik Artur Davtyan 5,5 ochko bilan, “Open” guruhida esa Behruz Umarov 6,5 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 21-fevral kuni xalqaro turnirning so‘nggi 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA