Bugun, 4 noyabr kuni Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi bellashuvlari boshlanadi.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov bugungi bahslarda dona suradi.

O‘yinlar klassik shaxmat yo‘nalishida, ikkita partiyadan iborat bo‘ladi. Bugun dastlabki partiya o‘tkazilsa, ikkinchi partiya ertaga tashkil etiladi. Ikkita o‘yin yakuniga ko‘ra, ko‘p ochko to‘plagan shaxmatchi keyingi bosqichga yo‘l oladi. Agar kuchlar teng kelib qolsa, shaxmatchilar o‘rtasida tay-brek tashkil etiladi.

Aytish lozim, jahon kubogining 1/128 final bosqichida Shamsiddin Vohidov g‘alabaga erishib, keyingi bosqichda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Jahon shaxmatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan grossmeysterlarimiz 1/64 final bosqichida quyidagi raqiblariga qarshi harakatlanadi:
Nodirbek Abdusattorov - Denis Maxnev (Qozog‘iston)
Javohir Sindorov - Nikita Petrov (Chernogoriya)
Nodirbek Yoqubboyev - Niklas Xashimbent (Germaniya)
Shamsiddin Vohidov - Maksim Chigayev (Ispaniya)
Mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat jahon kubogi bahslari 26 noyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA