Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilarimiz “Fagernes International Autumn” turnirida qatnashmoqda
17:44 / 2025-10-08

Norvegiyaning Fagernes shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Fagernes International Autumn-2025” xalqaro turnirida ishtirok etayotgan mamlakatimiz vakillari munosib natija qayd etmoqda.

15 ta davlatning 78 nafar mahoratli shaxmatchilari qatorida dona surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Abdumalik Abdusalimov ilk ikki turda norvegiyalik Ingve Fossxaymni va Eyvind Grunt Krekenni mag‘lub etdi.

Kecha o‘tkazilgan 3-turda hindistonlik xalqaro sport ustasi Xarshavardxanni taslim etib, 3 ochko bilan yetakchilar qatorida harakatlanmoqda.

Mahoratli shaxmatchimiz Ortiq Nig‘matov dastlabki turlarda norvegiyalik Kristofer Van Strumxaug va germaniyalik Yana Shnayderdan ustun keldi.

O‘n to‘rt yildan buyon an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan xalqaro turnirning 3-turida Nig‘matov norvegiyalik Olsen Urkedalga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bugun, 8 oktyabr kuni xalqaro turnirning 4-tur bahsida Abdumalik Abdusalimov qora donalarda bir tur muqaddam Ortiq Nig‘matovni yenggan Urkedalga qarshi dona sursa, Ortiqbek ushbu turda qora donalarda kanadalik Shiyam Tavandiran bilan ro‘baro‘ keladi.

9 ta turdan iborat turnir 12 oktyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA