Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilarimiz beshinchi turda g‘alaba qozondi
16:11 / 2016-09-07

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va xotin-qizlar terma jamoalari Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan jahon shaxmat olimpiadasining navbatdagi turini o‘z foydasiga hal qildi.

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va xotin-qizlar terma jamoalari Ozarbayjonda o‘tkazilayotgan jahon shaxmat olimpiadasining navbatdagi turini o‘z foydasiga hal qildi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi vakillari beshinchi turda Surinam shaxmatchilarini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Jahongir Vohidov Rojer Matoyevi, Anton Filippov Viresh Giyasi, Marat Jumayev Romario Sanches, Nodirbek Yoqubboyev Suraj Xanoyemanni yengdi.

Shaxmatchilarimiz oltinchi turda mo‘g‘ulistonliklarga qarshi dona suradi.

O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi a’zolari beshinchi turda ozarbayjonlik shaxmatchilar bilan bahslashdi. Nafisa Mo‘minova Narmin Mammadovani, Gulruhbegim Tohirjonova Xonim Balajayevani yenggan bo‘lsa, Irina Gevorgyan Gavhar Beydullayeva bilan, Nodira Nodirjonova Ayan Allahverdiyeva bilan durang o‘ynadi.

Mezbonlarni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan shaxmatchilarimiz oltinchi turda Sloveniya terma jamoasi bilan bahslashadi.