Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilarimiz Barselona musobaqalarida omadli ishtirok etmoqda
09:38 / 2023-12-18

Shu kunlarda Ispaniyaning Barselona shahrida shaxmat bo‘yicha “X CHESSABLE SUNWAY SITGES INTERNATIONAL CHESS FESTIVAL 2023” bahslari o‘tkazilmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 28 ming 700 yevrodan iborat bo‘lgan festival musobaqalarida dunyoning 53 ta davlatidan 431 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.  

Kecha, 17 dekabr kuni festival doirasida bir qator musobaqalar tashkil etildi.  

Mamlakatimizning yosh shaxmatchilaridan Humoyun Begmurodov blits 13/12 guruhida ishtirok etib, 29 ta davlatning 74 nafar ishtirokchisi orasida 2-o‘rinni egalladi. Musobaqaning blits 17/12 guruhida yurtimiz sharafini himoya qilgan Olmos Rahmatullayev ham bahslarni omadli o‘tkazdi. U 33 ta davlatning 135 nafar shaxmatchisi qatnashgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, ikkinchi pog‘onadan joy oldi.  

“X CHESSABLE SUNWAY SITGES INTERNATIONAL CHESS FESTIVAL 2023” doirasidagi shaxmat musobaqalari 22 dekabrga qadar davom etadi.  

Eslatib o‘tamiz, shaxmat musobaqalarida mamlakatimizning 28 nafar yosh shaxmatchisi ishtirok etmoqda.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA