Shaxmatchilarimiz AQSHdagi vatandoshlar bilan uchrashdi
AQSHning Nyu-York shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati yakunlangach O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari okean ortida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.
Nyu-Yorkda umrguzaronlik qilayotgan yurtdoshlarimiz uchrashuvga o‘z farzandlari bilan kelib, shaxmatchilarimiz bilan dildan suhbatlashdi.
Muloqot jarayonida xohlovchilar uchun grossmeysterlarimiz mahorat darsini o‘tadi. Vatandoshlarimiz va shaxmatchilarimiz o‘rtasida kechgan “aql gimnastikasi” bahslari uchrashuvga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA