Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilar Toshkentda Dmitriy Qayumov xotira turnirida kuch sinashmoqda
10:20 / 2025-07-16

Bugun, 16 iyul kuni poytaxtimizda xalqaro grossmeyster, taniqli murabbiy Dmitriy Qayumov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning so‘nggi 9-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning 10 nafar mahoratli shaxmatchilari ishtirokida aylanma tizimda o‘tayotgan turnirning ortda qolgan sakkizta turidan keyin 6 ochko jamg‘argan turkmanistonlik Maksat Atabayev 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Uni taqib etayotgan hamyurtimiz Akbarali Abduhakimov 5,5 ochko bilan 2-o‘rinda, qirg‘izistonlik Semetey Tologontegin 5 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda.

Bugun xalqaro turnirning so‘nggi turida Maksat Atabayev qora donalarda hamyurtimiz Akbarali Abduhakimov bilan kuch sinashsa, qirg‘izistonlik Semetey Tologontegin ham qora donalarda o‘zbekistonlik Afro‘zbek Sobirov qarshiligini yengishga intiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA