Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchilar jahon chempionatidan yorug‘ yuz ila qaytdi
09:25 / 2025-10-01

FOTOREPORTAJ

Bugun Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan shaxmatchilar tantanali ravishda kutib olindi.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 22–29 sentyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati  o‘tkazildi.

Musobaqada dunyoning 19 mamlakatidan 89 nafar yosh shaxmatchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 6 nafar sportchi yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

[gallery-25548]

Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Muhammadzohid Suyarov 7,5 ochko bilan oltin medal sohibi bo‘ldi. Muhiddin Madaminov turnirda 7 ochko  jamg‘ara oldi va kumush medalga ega chiqdi. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Afruza Hamdamova  faxrli ikkinchi o‘ringa munosib topildi.

Blits bo‘yicha o‘tgan bellashuvlar ham qiziqarli, keskin va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi. Iqtidorli shaxmatchimiz Muhiddin Madaminov barcha tengdoshlaridan ustun keldi va 12 ochko bilan jahon chempioniga aylandi. Yana bir shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov  bronza medali bilan taqdirlandi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda Umida Omonova 9,5 ochko  jamg‘arib, chempionatning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Humoyun Begmuratov hamda Madinabonu Xalilovaning sovrindorlar safidan o‘rin egallaganini ham e’tirof etish lozim.

Shaxmatchilarni kutib olish marosimida shaxmat federatsiyasi mas’ullari, sportchilarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Muhammad AMIN(surat),O‘zA