Shaxmatchi yoshlarimiz Turkiya turnirida sovrindorlikka erishdi
Turkiyaning Pamukkale shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar muvaffaqiyatga erishdi.
Mukofot jamg‘armasi 1 million turk lirasidan iborat turnirda 22 ta mamlakatning ming nafardan ziyod shaxmatchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi o‘z guruhlarida g‘oliblik uchun dona surdi.


Iqtidorli shaxmatchi yoshlarimizdan Muhammadzohid Suyarov turnirning “A” guruhida 6,5 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritish ortidan reytingiga 12 ochko qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu guruhda ishtirok etgan Guldona Karimova ayollar o‘rtasida 2-o‘rin, Nilufar Yoqubboyeva 3-o‘rin bilan kifoyalandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA