Shaxmatchi yoshlarimiz jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladi
Albaniyaning Durres shahrida 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha boshlangan jahon chempionatida mamlakatimizning 18 nafar a’zosi o‘z yosh toifalarida g‘oliblik uchun dona surmoqda.
83 ta mamlakatning 717 nafar shaxmatchisi ishtirok etayotgan jahon chempionatining ortda qolgan ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra, o‘z yosh toifalarida terma jamoamiz a’zolaridan faqat Asrorjon Omonov, Afruza Hamdamova va Nilufarxon Imomqo‘ziyeva 2 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Shu bilan birga, mahoratli shaxmatchi yoshlarimizdan Sa’dullo Azizov hamda Guldona Karimova o‘z yosh toifasida 1,5 ochko bilan bahslarni davom ettirayotgan vaziyatda Zilola Aktamova, Vasila Abdujabborova, Akbarali Abduhakimov, Xondamir Elmirzayev, Abdulqodir Bahodirov, Shahzod Islomov, Ruqiya Olimova, Dilnoza Nurullayeva, Sevinch Davlatova 1 ochkoga ega bo‘lishga muvaffaq bo‘lishdi.
Jahon chempionati bahslari 4 oktyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA