English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchi qizlarimiz reytingda yuksalishga erishdi
15:00 / 2026-02-04

Shaxmat bo‘yicha so‘nggi yangilangan live xalqaro reyting jadvalida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari yuqori natijalarni qayd etdi.

Mahoratli shaxmatchi qizimiz Afruza Hamdamovaning 2403 reyting ochkosi bilan qizlar o‘rtasida kuchli uchlikka ko‘tarilgani e’tiborli voqelik bo‘ldi.

Shuningdek, terma jamoamiz a’zolari Umida Omonova (+106), Guldona Karimova (+123) reytingda eng yaxshi o‘sish ko‘rsatkichlariga  erishdi.

Ushbu natijalar O‘zbekiston ayollar shaxmat maktabida raqobatbardosh, istiqbolli yosh avlod shakllanayotganini yana bir karra yaqqol namoyon etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA