Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmatchi qizlarimiz jahon chempionatida qatnashmoqda
12:37 / 2025-11-19

Ispaniyaning Linares shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatida ilk bor O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirok etmoqda.

Kecha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etgan FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich, sobiq jahon chempionlari Garri Kasparov, Anatoliy Karpov, Vishvanatan Anand chempionatda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 12 ta milliy terma jamoa orasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi borligini e’tirof etishdi.

Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida Xitoy, Gruziya, Ukraina, Fransiya va Hindiston jamoalari bilan o‘zaro kuch sinashmoqda.

Chempionatning “A” guruhida FIDE, AQSH, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ispaniya va Peru jamoalari bahslashmoqda.

Kecha chempionatning dastlabki 2 ta tur o‘yinida hamyurtlarimiz Gruziya jamoasiga 0,5:3,5 va Xitoy jamoasiga 2,5:1,5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bugun, 19 noyabr kuni jahon chempionati dasturiga muvofiq 3 va 4-tur o‘yinlari tashkil etiladi.

Afruza Hamdamova, Gulruhbegim Tohirjonova, Umida Omonova, Guldona Karimova va Madinabonu Xalilovadan iborat terma jamoamiz a’zolari 3-turda Fransiya, 4-turda Ukraina jamoasi bilan kuch sinashadi.

Guruh bosqich uchrashuvlarining 20 noyabr kuni tashkil etiladigan so‘nggi 5-turida shaxmatchi qizlarimiz Hindiston jamoasiga qarshi dona suradi.

Har bir guruhda eng kuchli to‘rtlikni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Jahon chempionati musobaqalari 23 noyabrga qadar davom etadi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA