Shaxmatchi qizlarimiz “26-Yevropa shaxmat klublari kubogi”da qatnashmoqda
Gretsiyaning Rodos shahrida o‘tayotgan ayollar o‘rtasidagi “29-Yevropa shaxmat klublari kubogi” musobaqasida bir qator shaxmatchi qizlarimiz ko‘hna qit’a jamoasi safida dona surmoqda.
Mahoratli shaxmatchilarimiz Asal Salimova, Gulruhbegim Tohirjonova va Marjona Malikova Serbiyaning “SK Zmaj” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Bugun, 20 oktyabr kuni umumiy mukofot jamg‘armasi 14 ming yevrodan iborat nufuzli musobaqaning ilk tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

“SK Zmaj” jamoasi 1-turda “Cercle d’échecs de Monte-Carlo” jamoasiga qarshi dona surdi. 1-taxtada harakatlangan Tohirjonova raqibi hindistonlik Osiyo chempioni, 2024 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi ayollar musobaqasi g‘olibi Deshmuk Divya bilan murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, qolgan shaxmatchilar imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
7 ta turdan iborat bo‘lgan “29-Yevropa shaxmat klublari kubogi” 25 oktyabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA