French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat yulduzlari musobaqasi murosasiz o‘tmoqda
12:25 / 2016-10-20

Poytaxtimizda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon shaxmat yulduzlari o‘rtasidagi xalqaro turnirning ikkinchi davra bahslari yakunlandi.

Ikkinchi davrada ozarbayjonlik Shaxriyor Mamedyarov 2,5 ochko, isroillik Boris Gelfand 2 ochkoni qo‘lga kiritdi. Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Rustam Qosimjonov ushbu davrada bir ochkoni, ukrainalik Ruslan Ponomaryov yarim ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Xalqaro turnirning ikkinchi davra bahslari yakuniga ko‘ra, Shahriyor Mamedyarov 4,5 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Boris Gelfand 3 ochko bilan ikkinchi, Rustam Qosimjonov esa 2,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.