Shaxmat: yangicha tizimdagi jahon chempionati yo‘lga qo‘yilmoqda
Xalqaro shaxmat federatsiyasi(FIDE) va Norway Chess tashkiloti o‘rtasida “Total Chess World Championship Tour” – yangicha tizimdagi jahon chempionati tashkil etish bo‘yicha kelishuv shartnomasi imzolandi.
Yangicha tizimdagi jahon chempionati to‘rtta bosqichdan iborat bo‘lib, g‘oliblar klassik, blits va rapid bo‘yicha aniqlanadi, umumiy natijalar bo‘yicha eng yaxshi shaxmatchi FIDEning umumiy hisobdagi jahon chempioni, deb topiladi.

Yillik umumiy mukofot jamg‘armasi 2,7 million AQSH dollaridan iborat chempionatning ilk uch bosqichi 750 ming AQSH dollardan iborat bo‘ladi. Final o‘yinining mukofot jamg‘armasi 450 ming AQSH dollaridan iboratligi tasdiqlandi.
Jahon chempionatining ilk saralash bosqichi 2026 yilda o‘tkaziladi. Chempionatning final o‘yinlari 2027 yilda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA