Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Umidaga munosib raqib topilmayapti
18:20 / 2019-01-30

Shaxmatga ixtisoslashgan Respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktabida erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatining birinchi liga bahslari qizgʻin pallaga kirdi.


Shaxmatga ixtisoslashgan Respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktabida erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatining birinchi liga bahslari qizgʻin pallaga kirdi.

Oʻtgan 5 tur yakunlariga koʻra, ayollar orasida surxondaryolik Umida Omonova gʻolibona yurishini davom ettirmoqda. U barcha raqiblarini magʻlub etgan holda 5 ochko bilan peshqadam boʻlib turibdi.

Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda vaziyat sal boshqacha: Ibrohim Karimov (Andijon), Abdumalik Abdusalimov (Qashqadaryo) va Ali Qosimov (Samarqand) 5 imkoniyatdan bir xil – 4,5 ochkodan toʻplashgan.

Musobaqa 2 fevralga qadar davom etadi.

Shax-er-ayol (2).jpg

Shax-er-ayol (4).jpg

Shax-er-ayol (5).jpg