Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Umida Omonova Osiyo chempioni!
09:43 / 2023-12-18

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz, iste’dodli shaxmatchi Umida Omonova qit’a chempionligiga erishdi.

Osiyoning 41 ta davlatidan 650 nafar shaxmatchi ishtirok etayotgan  chempionatning 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida blits yo‘nalishidagi bahslar sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Umida Omonova 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Ushbu yo‘nalishda 14 ta davlatdan 31 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurash olib borgan bo‘lsa, Umida o‘tkazilgan 9 tur o‘yinlari natijasida 8,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni holat uning g‘alabaga erishishini ta’minladi.  

Chempionatda ishtirok etayotgan terma jamoamiz a’zolaridan Davron Sharipov 2-o‘rin, Malikaxon Jumayeva va Husnoraxon Husnitdinova 3-o‘rin sohibiga aylangani yurtimiz shaxmatchilarining shu oyning so‘nggi kunlarida Samarqandda o‘tadigan blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati oldidan o‘ziga xos natijasi bo‘ldi, deyish mumkin.  

Qit’a chempionati bahslari 22 dekabrga qadar davom etadi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA